35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi bosh mutaxassislari N. Nazarova va X. Rahmatullayevlar tomonidan 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati hamda yangi binoda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi PQ-93-son qarori asosida amalga oshirilgan bo‘lib, qurilish ishlari uchun jami 4 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda bino va hududning sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Ta’kidlash joizki, muassasaning avvalgi binosi 1969-yilda qurilgan bo‘lib, 110 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan edi. Yillar davomida bino eskirib, zamonaviy talablar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yetarli sharoitga ega bo‘lmay qolgan.

Yangi binoning foydalanishga topshirilishi natijasida esa 170 o‘ringa mo‘ljallangan, zamonaviy talablar asosida jihozlangan, yorug‘, shinam va xavfsiz ta’lim-tarbiya maskani yaratildi. Muassasada tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom muhitda kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

O‘rganish yakunida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan imkoniyatlar ijobiy baholanib, bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, mavjud shart-sharoitlardan samarali foydalanish hamda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2