35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “8-Qaroqchitol” saylov okrugi deputati O.Gaziyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov, biriktirilgan tashkilot tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo ‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Toshmatovlar tomonidan “Qorovultepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur mahalla Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida belgilangan.

O‘rganish davomida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Loyiha doirasida “Firdavs” va “Beshkapa” ko‘chalarida jami 2,4 kilometr sug‘orish tarmog‘ini betonlashtirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar 600 metr qismi betonlashtirildi, qolgan qismini betonlashtirish ishlari esa davom ettirilmoqda.

Mazkur loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida aholining tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyati yaxshilanib, suvdan samarali foydalanish ta’minlanadi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Deputatlik o‘rganishi davomida loyiha ijrosi nazoratga olindi va ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5