35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
20-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Axmedov Islomjon Baxodirovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 2026-yil 14-avgust kungi 63-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar tomonidan hududdagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgani qayd etildi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida Bag‘dod–Do‘rmancha yo‘nalishidagi 40-V 048 A/Y 1/5-6 avtomobil yo‘lining 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda tibbiyot texnikumi oldidan o‘tuvchi qismida piyodalar, ayniqsa, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan deputat so‘rovida mazkur hududda:
🔹 ko‘chma svetofor o‘rnatish;
🔹 piyodalar o‘tish joyini tashkil etish;
🔹 shuningdek, “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yaqinida piyodalar o‘tish joyini tashkil etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1