35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanning “Novobod” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli D.Isomovaning hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning murojaatlari, ijtimoiy holati va mavjud muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

🔻O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash, ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xotin-qizlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolarni tegishli o‘quv kurslariga yo‘naltirish masalalari tahlil qilindi.

🔻Shu bilan birga, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘rilayotgan choralar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda berilgan yordamlarning natijadorligi tahlil qilindi.

🔻O‘rganish yakunida “Ayollar daftar”dagi har bir xotin-qizning holatini muntazam o‘rganib borish, amalga oshirilayotgan yordamlarning natijadorligini nazorat qilish, ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash va ularni daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1