35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

✔️“Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

📍Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 44-Charxin saylov okrugidan saylangan deputat Guljahon Mustafoyeva tashabbusi bilan Pastdarg'om tumanidagi 57-sonli madaniy-ma’rifiy tadbirlar maskanida “Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

➡️Tadbirda ziyolilar, nuroniy onaxonlar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

📌Davra suhbatida so‘zga chiqqan deputat Guljahon Mustafoyeva mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

⚡️Shuningdek, tadbir davomida yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, farzand tarbiyasida onaning beqiyos o‘rni va jamiyat taraqqiyotida ayollarning faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Tadbir yakunida oilada, mahallada va jamiyat hayotida o‘zining ibratli faoliyati bilan ajralib turgan, oila mustahkamligi va farovonligini ta’minlashda namuna bo‘lib kelayotgan ayollar e’tirof etildi.

Slide 1 of 3