35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
To‘y va marosimlarni tartibli hamda me’yorlar asosida o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 14-sentabrdagi №2736–III/KQ-592–III-sonli Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi Nizom talablari muhokama qilindi.
Davra suhbatida to‘y va oilaviy tantanalarni ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarsiz, belgilangan tartib va me’yorlarga rioya qilgan holda o‘tkazish, marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, aholining huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla oqsoqollari va faollarining bu boradagi targ‘ibot-tushuntirish ishlaridagi o‘rni muhim ekani ta’kidlandi. Ayniqsa, oilalarda ortiqcha xarajatlarning oldini olish, yoshlar va aholi o‘rtasida marosimlarni ixcham va tartibli o‘tkazish madaniyatini shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi o‘rtasida amaldagi tartib-qoidalar bo‘yicha huquqiy tushunchalarni mustahkamlash, oilaviy tadbirlarni me’yorlar asosida tashkil etish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4