35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Deputat nazoratida: 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi sharoitlar o‘rganildi

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruh xonalarining jihozlanishi, mavjud o‘quv va ko‘rgazmali vositalar, didaktik materiallar hamda bolalarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi o‘yin va mashg‘ulot jihozlarining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning yosh va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlarda zamonaviy va interfaol usullardan foydalanish, bolalarning mustaqil fikrlashi, ijodiy qobiliyatlari, muloqot ko‘nikmalari hamda dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishildi.
Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhit, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, turli qiziqarli mashg‘ulotlar va ijodiy faoliyatlarga keng jalb etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida aholiga, xususan, yosh avlodga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 1