35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “T.Rizayev” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash
yo‘nalishidagi faoliyat deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli N.Rasulova tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,bandligini ta’minlash, ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda mahallada 80 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Shundan 2 nafari ijtimoiy reyestrga kiritilib, ularning davolanishi uchun mablag‘ ajratilgan.Deputat tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy daromad manbaiga ega qilish, ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash, probatsiya nazoratidagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash,shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar berildi.O‘rganish yakunida oilalarni mustahkamlash,xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 5