35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Unda Jondor tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan shakllangan mablag‘larni tegishli yo‘nalishlarga maqsadli va samarali yo‘naltirish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.

🇺🇿Yig‘ilish davomida qo‘shimcha manbalardan foydalanishda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, aholi ehtiyojlari hamda dolzarb muammolarni inobatga olish muhimligi ta’kidlandi. Mablag‘larni yo‘naltirishda qonuniylik, manzillilik va samaradorlik tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.

🇺🇿Doimiy komissiya a’zolari tomonidan taklif etilgan yo‘nalishlar atroflicha ko‘rib chiqilib, mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning sarflanishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

🇺🇿Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2