35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
FUQARO MUHOFAZASI — AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING MUHIM YO‘NALISHI

O‘rganish jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan talablar, fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarning bajarilishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga tayyorlash, xavf yuzaga kelganda fuqarolarni ogohlantirish, evakuatsiya tadbirlarini tashkil etish hamda muhofaza choralarini ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
️Fuqaro muhofazasining asosiy maqsadi — inson hayoti va sog‘lig‘ini asrash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini imkon qadar kamaytirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish madaniyatini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Tadbir va o‘rganishlar davomida fuqaro muhofazasi sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik va targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish, aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.
Fuqaro muhofazasi — faqat favqulodda vaziyat yuz berganda emas, balki uning oldini olish va unga oldindan tayyorgarlik ko‘rishdan boshlanadi.
Har bir fuqaroning ogohligi, mas’uliyati va to‘g‘ri harakat qilishi favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda uning oqibatlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1