35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
YANGIYERDA YANGI MA’RIFAT MASKANI BARPO ETILMOQDA

Mazkur tashabbus doirasida kutubxona uchun ajratilgan binoda zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu yerda aholining turli yosh toifalari uchun badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va bolalar adabiyotlaridan iborat kitob fondini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Tashkil etilayotgan kutubxona mahalla aholisi uchun nafaqat kitob mutolaa qiladigan, balki turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik kechalari va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladigan maskanga aylanishi kutilmoqda.
Mazkur jarayon bilan tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev, R. Mengziyayeva va D. Shoimqulovalar ham yaqindan tanishib, mahalla aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Deputatlar kutubxonani zarur adabiyotlar bilan boyitish, aholining, xususan, yoshlarning undan samarali foydalanishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdilar.
Bugun kitobxonlikni rivojlantirish — yosh avlodning bilimli, dunyoqarashi keng va ma’naviy yetuk bo‘lib voyaga yetishida muhim omillardan biridir. Yangiyer mahallasida tashkil etilayotgan yangi kutubxona ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladigan muhim ma’rifat maskaniga aylanadi.
Kitob — tafakkur manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir.

Slide 1 of 3