35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojieva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahridagi “Yalang‘och ota” MFY hududida joylashgan pedagogika texnikumida “Tashabbusli byudjet – 2026” loyihasining 1-mavsumi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilish muddati hamda loyiha uchun mas’ul pudrat tashkiloti faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyihani amalga oshirayotgan pudrat tashkiloti “Yangi qurilish Farg‘ona” XK ekani, loyihaning umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mni tashkil etishi hamda qurilish ishlarini 2026-yil sentyabr oyi yakuniga qadar yakunlash rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

O‘rganish jarayonida loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur loyiha deputatlar tomonidan nazoratga olinib, qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 10