35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
“Dolzarb 40 kun” tadbiri doirasida ishlar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan “Dolzarb 40 kun” doirasida tumanning “Barraj” mahallasi hududidan o‘tgan “Toshkent – Chinorkent” temir yo‘li atrofini obodonlashtirish, yo‘l yoqalaridagi begona o‘tlar va chiqindilarni bartaraf etish, hududning sanitariya holatini yaxshilash, aholi tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalalari O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Kamalov ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

🟢Muhokama davomida tuman hokimligi mas’ullari tomonidan mahalladagi xonadonlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash, hovlilar va ko‘cha yoqalarini ozoda saqlash, devor hamda darvozalarni tartibga keltirish, daraxt va butalarni parvarishlash, umumiy foydalanishdagi hududlarni obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.

🟢Deputat aholi va mahalla faollari bilan muloqot qilib, hududni ozoda va obod saqlash har bir fuqaroning mas’uliyati ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, obodonlashtirish ishlarida davlat tashkilotlari, mahalla faollari va aholining hamjihatligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etdi.

🟢Muhokama yakunida temir yo‘l yoqalarini to‘liq tartibga keltirish, chiqindilarni belgilangan jadval asosida muntazam olib chiqish, sanitariya talablariga qat’iy rioya etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1