35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
SHOVOT TUMANIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi hamda “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi hamkorligida fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Shovot tumanida fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berish hamda aholiga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tadbirda tegishli soha vakillari, jamoat vakillari va fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati, “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O. Ataxanov hamda O‘zbekiston Respublikasi XDP Shovot tumani Kengashi raisi
O. Akimova qatnashdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga:
✅ mehnat va ijtimoiy huquqlarni himoya qilish;
✅ oilaviy munosabatlarda yuzaga keladigan huquqiy masalalar;
✅ davlat organlariga murojaat qilish tartibi;
✅ bepul huquqiy yordam olish imkoniyatlari;
✅ amaldagi qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar
bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirish va maslahatlar berildi.
Mazkur tadbir aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 3