Olmaliq shahar “Oltin” mahallasida yashovchi fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish hamda ularni ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi amaliy uchrashuv oʻtkazildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sayfiddin Subanov hamda Shahar Kengashi Kotibiyatidan biriktirilgan masʼul xodim Muhriddin Begmatov hamkorligida murojaat joyiga chiqqan holda atroflichta oʻrganildi.
🔍 Oʻrganish jarayonida:
Murojaatda koʻtarilgan masala har tomonlama, atroflicha va xolisona tahlil qilindi.
Muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan tegishli hal etish choralari koʻrildi va ijrosi nazoratga olindi.
Mahalla faollari va "yettilik" vakillari bilan uchrashib, murojaat ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Maqsadimiz bitta — aholini qiynayotgan muammolarga oʻz vaqtida yechim topish va fuqarolarimizning roziligiga erishishdir!