35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Xo‘jabulg‘on mahallasidagi ko‘prik muammosi deputat nazoratida

 Xo‘jabulg‘on mahallasidagi ko‘prik muammosi deputat nazoratida

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputati O'.Murodov tomonidan Xo‘jabulg‘on mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri — "Boyto‘p" ko‘chasidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustidagi ko‘prikning ta’mirtalab holga kelgani bo‘ldi.

✅ Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 2-iyun kuni kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan sel tufayli aholi hashar yo‘li bilan bunyod etgan ko‘prik jiddiy shikastlangan va foydalanishga yaroqsiz holga kelgan. Natijada fuqarolar, ayniqsa maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnovchi bolalar o‘z manziliga yetib borish uchun qo‘shimcha 3–5 kilometr yo‘lni aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.

✅ Mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida deputat tomonidan Boysun tumani hokimining o‘rinbosari hamda Boysun tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda ko‘prikni ta’mirlash uchun 4 dona temir-beton plita ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4