35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI FUQAROLAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna tomonidan fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xamraev Komol Kazimovichga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘roviga fuqaro Davidov Maksim Sergeyevichning “3-Charx Kamolon” mahallasi hududini obodonlashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq murojaati asos bo‘ldi. Murojaatda ariq tarmoqlarini tiklash va tozalash, bolalar maydonchasini ta’mirlash yoki qurish, hovli va jamoat hududlarini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda jamoat joylarini saqlash masalalari ko‘tarilgan.

Deputatlik so‘rovida “3-Charx Kamolon” mahallasida 2026-yil davomida amalga oshirilgan va ayni paytda olib borilayotgan ishlar, yil yakuniga qadar rejalashtirilgan loyihalar, ularga ajratilgan budjet mablag‘lari va moliyalashtirish manbalari, shuningdek, ariq tarmoqlari, bolalar maydonchasi, ko‘kalamzorlashtirish hamda kompleks obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.


Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 3