35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani kotibiyat bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan Quyitosh mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati hamda unda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, guruh xonalari, oshxona, o‘yin maydonchalari va tarbiya jarayoni uchun yaratilgan muhit ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida muassasada bolalarning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilinib, mavjud shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish va bolalar uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarida zamonaviy va munosib shart-sharoitlarni yaratish kelajak avlodni sog‘lom, bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar doimiy e’tibor va nazoratda bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 5