35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Suvonqulovaning tashabbusi va amaliy sa’y-harakatlari bilan "Birlashgan" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila xonadonida xayrli hashar tashkil etildi.
Deputat tashabbusi atrofida mahalla faollari, yoshlar va ko‘ngillilar birlashib, xonadonni obodonlashtirish, hovli hududini tartibga keltirish hamda oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlarini amalga oshirdilar.
G.Suvonqulova tomonidan ilgari surilayotgan bunday ezgu tashabbuslar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga mehr-e’tibor ko‘rsatish, yoshlarni ezgulik va saxovat ruhida tarbiyalash hamda mahallada o‘zaro hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bunday xayrli ishlar xalq vakillarining aholi dardiga befarq emasligi, fuqarolarning turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlarining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 6