35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
XALQARO JANG SAN’ATI ASSOTSIATSIYASI YIG‘ILISHIDA MUNOSIB E’TIROF

Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro Jang San’ati Assotsiatsiyasining yig‘ilishi hamda ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

🔠Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Baxtiyor Vahapovich Hasanov ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida assotsiatsiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida jang san’atini ommalashtirish hamda istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

👉Tadbir yakunida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Vahapovich Hasanov Xalqaro Jang San’ati Assotsiatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.

🏅Shuningdek, uning jang san’atini rivojlantirish, yoshlar tarbiyasi va sport sohasiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilib, 5-Dan darajasi, shaxsiy qora belbog‘ hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

🔠Mazkur e’tirof Baxtiyor Vahapovich Hasanovning sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va yoshlar bilan ishlash borasidagi samarali faoliyatining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar sportchilar bilan uchrashib, esdalik suratlariga tushdilar.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4