35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
“MAHALLADA OBODLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan 17-"Bek-to‘pi" saylov okrugidagi "Bek-to‘pi" va "Al-Xorazmiy" mahallalari aholisi, mahalla faollari, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, mahallalarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Deputat A.A. Xusainov yig‘ilganlarni obodonlashtirish, hashar, ko‘kalamzorlashtirish va hududlarni ozoda saqlash ishlarida faol ishtirok etishga, mahallalarda birdamlik, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga chaqirdi.
Shuningdek, tadbirda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi hamda hududlarni yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4