35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАСИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МУСТАҚИЛЛИК БАЙРАМИГА МУНОСИБ ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИЛМОҚДА
янв.21
«ПОДШО ОТА» СОЙИДА СУНЪИЙ КЎЛ: ТУРИЗМ УЧУН ЯНГИ ИМКОНИЯТ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ТАЪМИРЛАШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ҲУДУД МУАММОЛАРИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
АҲОЛИНИНГ ГАЗ ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР НАФАҚАСИ БЎЙИЧА МУРОЖААТЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛА ФАРОВОНЛИГИ ОМИЛИ
QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman Kengashi deputati B.Abduraximov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-son qarori ijrosi doirasida Yuqori Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 46-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. 

Mazkur loyiha “EFFEKT ELEGANT” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning doirasida maktab uchun 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 821 million 273 ming so‘mni tashkil etadi. 

O‘rganish davomida deputatlar qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ularning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratdilar. 

Shuningdek, mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli yakunlash, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifatini doimiy nazorat qilish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 8