35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
QONUN IJROSI O‘RGANILDI

📌 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sarabibi Matyaqubova hamda tuman Kengashi deputati Bekzod Jabborov Shixmashhad mahallasida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi Ma’murjon Jasurbek o‘g‘li Farhadovning faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan faoliyat, mahalladagi yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish, davlat dasturlari hamda ijtimoiy loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.