35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Аҳоли мурожаати ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларидаги реконструкция ишлари ўрганилди
янв.21
ТОМОРҚА ВА ЧОРВАЧИЛИК — АҲОЛИ ДАРОМАДИНИ ОШИРИШНИНГ МУҲИМ МАНБАИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
«СОҲИЛ» МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ УЧУН ЯНГИ ҚУЛАЙЛИКЛАР ЯРАТИЛМОҚДА
янв.21
КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
«ЎСИМЛИКЛАРНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ ТЎҒРИСИДА»ГИ ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ЯНГИ ТИЗИМ: «1 ОЙ — 4 МАҲАЛЛА» ТАМОЙИЛИ
янв.21
ЁШЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЎҚИТИШ МАРКАЗИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

O‘zbekiston “Adolat” SDP Sardoba tumani Kengashi raisi B.Bekmurodov, tuman Kengashi deputatlari G.Saitboyev va G.Suvonqulova, shuningdek, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Toshquvvatov tomonidan Sardoba tumanida “Hayotni tanla” loyihasi doirasida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda zararli illatlardan yiroq bo‘lish yuzasidan tavsiyalar va tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, ularni giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan asrash hamda kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni vatanparvarlik, mas’uliyat va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Bunday targ‘ibot tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2