35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ТИНГЛАНИБ, ЕЧИМИ БЎЙИЧА АНИҚ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ДЕПУТАТ ЭЪТИБОРИДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ: 60-СОНЛИ МАКТАБДАГИ ИШЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТОМОРҚАДАН УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШ ВА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЖАРАЁНЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА: ЭЛЕКТР ТАЪМИНОТИ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОРДА
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДА ЯРАТИЛГАН ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ
Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli N.Axinova tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ularning muammolarini manzilli hal etish, turmush sharoitini yaxshilash hamda davlat tomonidan belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, uy-joyini ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam holati, ajratilgan mablag‘lar va amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Aniqlanishicha tuman bo‘yicha “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 4400 nafar xotin-qizlarning 3-toifasidagi 63 nafariga uy-joylarini ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar boshlanmagan.

Mazkur yo‘nalishda amaliy chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlanib, ushbu masala navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 1