35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
36-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
61-СОНЛИ МАКТАБДАГИ БУНЁДКОРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЕКСАЛАР ВА НУРОНИЙЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ БЎЙИЧА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
19-СОНЛИ МАКТАБНИНГ ЯНГИ ЎҚУВ ЙИЛИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУАММОЛАРИ КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
НУРОНИЙЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛАР ИШТИРОКИДА «ТОЗА ҲАВО ОЙЛИГИ» ДОИРАСИДА НАЗОРАТ ТАДБИРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЭҲТИЁЖМАНД ОИЛАЛАР ҲОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ
Kengash qarori ijrosi nazorat ostida:Qozirobod va Katta Qozirobod mahallasida asfaltlashtirish ishlari boshlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-65-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan hududlarda izchil amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
"Xalq nazorati va aholi murojaatlari" platformasi orqali Chilonzor tumani fuqarolari tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida 79 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar tahlili asosida jami 10 924 kv.m hajmdagi ichki yo‘llarni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash uchun 726 mln so‘m mablag‘ ajratildi.
Ajratilgan mablag‘larning maqsadli va oqilona sarflanishi, shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilishi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan muntazam ravishda o‘rganilib, nazorat qilib borilmoqda.
Qaror ijrosi doirasida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalardan kelib chiqib, Qozirobod va Katta Qozirobod mahallasi ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari boshlandi. Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish hamda hudud obodligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5