35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАНГАН ОКРУГДА «ҲОКИМ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ» ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА НАВБАТДАГИ «ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁШ ОИЛАЛАРНИ ЯРАШТИРИШ ВА ОИЛАЛАРНИ АСРАБ ҚОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ДОИРАСИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ ТАШАББУСИ БИЛАН «ЗАРКЕНТ» ОРОМГОҲИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ТРАНСФОРМАТОРНИ ТАЪМИРЛАШ ВА ИШГА ТУШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИ ЯШАШ ВА ТУРГАН ЖОЙИ БЎЙИЧА РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШГА ОИД ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОҒ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
#sport va yoshlar #komissiya nazorati

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom, barkamol va sportga oshno qilib tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Hududlardagi ijtimoiy soha obʼyektlari, xususan, sport majmualarining bugungi holati va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar xalq vakillarining doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 22-okrug deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Adham Xasanov hamda Kotibiyatdan biriktirilgan mas’ul xodim Mukarram Nematullayeva tomonidan Olmaliq shahrining “Ibn Sino” mahallasi hududida joylashgan va doimiy komissiya a'zosi sifatida o‘ziga biriktirilgan tashkilot (sport maktabi)  faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputatlik nazorati doirasida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
Yaratilgan shart-sharoitlar: Yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun to‘garaklar, zallar va sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirildi;
Qamrov darajasi: Bugungi kunda mahalla yoshlarining sportga jalb etilganligi va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish jarayonlari tahlil qilindi;
Kadrlar salohiyati: Muassasa xodimlari va murabbiylarining ish faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Komissiya a'zosi sifatida o‘ziga biriktirilgan ushbu tashkilot rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbir davomida yaratilgan sharoitlar to‘liq ko‘zdan kechirildi. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, kelgusida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan ayrim kamchiliklar ham aniqlandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish natijalari hamda aniqlangan kamchiliklarni tizimli ravishda bartaraf etish chora-tadbirlari yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.
"Yoshlarimizning salomatligi va ularning sportdagi yutuqlari — yurtimiz kelajagining mustahkam poydevoridir. Sport maktablaridagi har bir sharoit xalqaro standartlarga va farzandlarimizning talablariga mos bo‘lishi shart," — deya ta’kidladi deputat Adham Xasanov.

Hududdagi ijtimoiy soha obʼyektlari faoliyatini tizimli yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi deputatlik hamda komissiya nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 10