35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАНГАН ОКРУГДА «ҲОКИМ ВА ЁШЛАР УЧРАШУВИ» ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА НАВБАТДАГИ «ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЁШ ОИЛАЛАРНИ ЯРАШТИРИШ ВА ОИЛАЛАРНИ АСРАБ ҚОЛИШ БЎЙИЧА АМАЛИЙ ЧОРАЛАР КЎРИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ПФ–209-СОНЛИ ФАРМОН ИЖРОСИ ДОИРАСИДА “МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ” ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МАСЛАҲАТ ГУРУҲИ ТАШАББУСИ БИЛАН «ЗАРКЕНТ» ОРОМГОҲИДА МАДАНИЙ-МАЪРИФИЙ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БЎСТОН МАҲАЛЛАСИДАГИ ТРАНСФОРМАТОРНИ ТАЪМИРЛАШ ВА ИШГА ТУШИРИШ БЎЙИЧА ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАРНИ ЯШАШ ВА ТУРГАН ЖОЙИ БЎЙИЧА РЎЙХАТДАН ЎТКАЗИШГА ОИД ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОҒ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ЎТКАЗИЛДИ
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan deputatlik vakolati doirasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida Parkent tumanidagi Davlat xizmatlari markazida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida deputat markaz xodimlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, joriy etilayotgan yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Markazda 5 nafar xodim tomonidan aholiga raqamlashtirilgan tizim asosida davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinayotgani,tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayoni esa “15 daqiqada” tamoyili asosida tashkil etilgani qayd etildi. Mazkur tizim fuqarolar va tadbirkorlar uchun vaqtni tejash hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Shuningdek, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish hamda intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ham aholiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumot berildi.Markazda fuqarolar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan kutish zallari, shuningdek, ona va bolalar uchun alohida xonalar tashkil etilgani ham ko‘zdan kechirildi.Deputat tomonidan davlat xizmatlarini aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli ko‘rsatish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.Xususan, olis va chekka hududlarda sayyor davlat xizmatlarini tashkil etish,yoshlar o‘rtasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmatlardan foydalanishni keng targ‘ib qilish, bu borada “mahalla yettiligi” bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish ko‘nikmalarini oshirish muhimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4