35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЎЗАК» ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАКРОРИЙ ЭКИН ВА АГРАР СОҲАДАГИ ДОЛЗАРБ ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛЛАР ОБОД БЎЛМОҚДА
янв.21
ҲУДУДЛАРДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
«ҚУТЛУҒТОЛ» МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida sport infratuzilmasi holati o‘rganildi

24-muhim tavsiya ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna 8-Lutfiy saylov okrugi hududidagi "1-Qatortol" mahallasida bo‘lib, aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sport infratuzilmasining bugungi holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla hududida joylashgan sport inshootlari, ulardagi sport anjomlari hamda mavjud jihozlarning texnik holati batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mazkur obyektlarning aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlari, ulardan samarali foydalanish darajasi va mavjud kamchiliklar tahlil qilindi.

O‘rganish natijasida bolalar sport maydonchasining sim to‘siqlari mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgani, bu esa bolalar xavfsizligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi. Bundan tashqari, maydonchada o‘rnatilgan ayrim sport va o‘yin uskunalari a ta'mirtalab holatga kelgani qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalar sport maydonchasini belgilangan talablar asosida ta'mirlash, zarur sport jihozlarini yangilash hamda hududda xavfsiz va zamonaviy sport muhitini yaratish bo'yicha tegishli mas'ul tashkilotlarga amaliy taklif va tavsiyalar berish va ushbu masalaning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1