35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 ✅ Deputatlik nazorati: PQ–141-son qarori ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 11-Chuqurko‘l saylov okrugi deputati T. Shodiyev saylov okrugiga qarashli "Chuqurko‘l" mahallasida deputatlik nazorati olib bordi.

🔹 Nazorat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son "Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🏫 Xususan, "Chuqurko‘l" mahallasida joylashgan 67-son umumta’lim maktabi uchun barpo etilayotgan 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Qurilish ishlarining borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

✅ Deputatlik nazorati davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, loyiha ijrosi va qurilish sifati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi nazorat tadbirlari davlat dasturlari ijrosining samaradorligini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4