35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Mahalla chegaralari masalasi deputat nazoratida

Murojaatga ko‘ra, Mahtimquli ko‘chasining bir qismi "Majnuntol" mahallasiga, Furqat ko‘chasining bir qismi esa "Nurli kelajak" mahallasiga kadastr hisobida biriktirilganligi amaliyotda qator noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Aholining yashash manzili, kadastr va kommunal hujjatlari, mahalla tizimidagi hisoblari hamon "Pattakesar" mahallasi bilan bog‘liq bo‘lib, mavjud tafovut fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda hududiy mansublikni aniqlashda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Termiz shahar filialiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:
✅ hududiy chegaralar o‘zgarishining huquqiy asoslarini o‘rganish;
✅ kadastr ma’lumotlarining amaldagi holatini tahlil qilish;
✅ fuqarolar manfaatlarini inobatga olgan holda masalani qonuniy tartibda ko‘rib chiqish;
✅ ko‘rilgan choralar yuzasidan asoslantirilgan yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari saylovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish va davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishni izchil davom ettiradi.