35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari deputat nazoratiga olindi

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol

Yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari deputat nazoratiga olindi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston XDPdan saylangan "25–Qo‘rg‘on okrugi deputati Xamitova Galina Gennadiyevna tomonidan Tepaqo‘rg‘on mahallasida yo‘l infratuzilmasi va harakat xavfsizligi masalalari o‘rganildi.

📁 O‘rganish Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari asosida amalga oshirilib, mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📈 O‘rganish davomida Eshonbobo osh markazi oldidagi avtomobil yo‘lagining ayrim qismiga taqiqlovchi belgi o‘rnatish, Zargarlik ko‘chasi 59-uy oldidan Chilonzor tumani 18-mavzesiga o‘tish yo‘nalishidagi piyodalar yo‘lagiga svetofor moslamasi o‘rnatish hamda Shirin okrugidagi “Korzinka” supermarketi tomonga olib boruvchi piyodalar yo‘lagini ta’mirlash yuzasidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

📝 Aniqlangan masalalarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Slide 1 of 5