35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

Deputatlik nazorati davom etmoqda

Bandixon tumanining "Limonzor" mahallasida amalga oshirilayotgan yirik sug‘orish infratuzilmasi loyihasi deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganildi.
Nazorat tadbirida 17-Limonzor saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Shaydilov Safar Normurodovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Qurbonov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida loyiha ijrosi, qurilish ishlari sifati, mavjud holat va ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari mas’ullar bilan muhokama qilindi. Mazkur loyiha doirasida Sherobod mashina magistral kanalidan nasoslar va bosimli quvurlar orqali yangi sug‘orish kanali hamda ichki sug‘orish tarmoqlarini barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu hududning suv ta’minotini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha asosida olib borilayotgani qayd etildi. Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda qo‘shimcha loyihalash ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Strategik ahamiyatga ega mazkur loyihaning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash maqsadida uning ijrosi doimiy deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5