35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲАДИКЕНТ ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
34-СОНЛИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЎЗАК» ОИЛАВИЙ ШИФОКОРЛИК ПУНКТИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАКРОРИЙ ЭКИН ВА АГРАР СОҲАДАГИ ДОЛЗАРБ ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ҚУТЛУҒТОЛ МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛЛАР ОБОД БЎЛМОҚДА
янв.21
ҲУДУДЛАРДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛОВЧИЛАР ОЛДИДА ҲИСОБОТ БЕРДИ
янв.21
«ҚУТЛУҒТОЛ» МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
🔰Aholi murojaatlari bilan ishlash holati deputatlar nazoratida.

Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish va hududiy tashkilotlar rahbarlarining mas‘uliyatini kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiya raisi A.Ro‘ziyev boshchiligidagi shahar Kengashi deputatlari, komissiya a‘zolari, Kengash kotibiyati mas‘ullari hamda soha ekspertlari ishtirokida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida asosiy e‘tibor quyidagi muhim jihatlarga qaratildi:

  • Hududiy tashkilotlar rahbarlarining aholi muammolarini hal etishdagi shaxsiy faoliyati va mas‘uliyati baholandi.
  • 2026-yilning dastlabki 6-oyi davomida Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilish sifati va qonuniy yechimi tahlil qilindi.
  • Aholi tomonidan eng ko‘p yo‘llangan murojaatlar yo‘nalishi aniqlanib, joylardagi tizimli muammolar o‘rganildi.

Tadbir yakunida aniqlangan kamchiliklar, tahliliy ma‘lumotlar hamda sohaga doir ishlab chiqilgan takliflar Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi. 

Slide 1 of 3