Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari F. Abdusattorov, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A. Ibadullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan tumandagi "Boymurot ota G‘ayrati" fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida fermer xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimi faoliyati joyida o‘rganildi. Mazkur zamonaviy sug‘orish texnologiyasi orqali ekin maydonlaridagi paxta va mosh ekinlari sug‘orilayotgani, buning natijasida suv tejalishi hamda ekinlarning barqaror rivojlanishi ta’minlanayotgani qayd etildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosildorlikka erishish va yer-suv resurslaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni keng qo‘llash hosildorlikni oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish hamda suv resurslarini tejashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 11