Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari o‘rganildi

Tashrif davomida mahalla yettiligi, profilaktika inspektori hamda mas'ul tashkilotlar vakillari bilan uchrashilib, hududdagi kriminogen vaziyat, profilaktik tadbirlar natijalari va mavjud muammolar muhokama qilindi.

 O‘rganish jarayonida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlarga, xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning oila a'zolari bilan ishlash hamda ijtimoiy muammolarini bartaraf etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish, kiberjinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasini kuchaytirish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda belgilangan vazifalar ijrosini deputatlik nazoratiga olish ta'kidlandi.

Mahallalarda tinch va xavfsiz muhitni ta'minlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2