Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Umid mahallasida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi

Umid mahallasida obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Muqaddas Raxmatova xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Navoiy shahar Umid mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududining sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari, maishiy chiqindilarni yig‘ish va ularni o‘z vaqtida olib chiqish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Islom Karimov ko‘chasida maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmaganligi sababli ularning to‘planib qolganligi, buning oqibatida yozning issiq kunlarida noxush hid tarqalib, hududda yashovchi fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3