Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MADANIYAT VA SAN’AT YO‘NALISHIDAGI TANLOVLAR TASHKIL ETILADI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-66-14-204-K/26-son qarori bilan Chilonzor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasini samarali amalga oshirish yuzasidan qator vazifalar belgilandi.

Mazkur qarorga muvofiq, yoshlarning iste’dod va iqtidorini namoyon etishi, ularning bilim va salohiyatini yanada mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Bo‘zatov FEST” hamda “Mohir fortepianochi” tanlovlarini tashkil etish belgilangan.

Ushbu tanlovlar iyul–avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan .

Mazkur tanlovlar yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning san’at va madaniyat sohasidagi qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan ushbu qaror yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy tashabbuslarini rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1