Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va bolalar manfaatlari – doimiy e'tiborda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamda mahalladagi ijtimoiy xodim N.Allashukurov bilan birgalikda "Yangi makon" OFY, "Tashrez" ovulida istiqomat qiluvchi, kambagʻallik reyestriga kiritilgan fuqaro E.Gurbanova xonadonida bo‘ldi.

🏡 O‘rganish davomida fuqaroning ijtimoiy holati, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari va mavjud ehtiyojlari joyida ko‘zdan kechirildi.
Xususan:
🔹 bolalar nafaqasi o‘z vaqtida to‘lab borilayotgani;
🔹 farzandlarini yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani ma'lum qilindi.

🤝 Suhbat davomida oilaning mavjud sharoiti hamda kelgusida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📌 Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyaga oid huquqlari amalda ta'minlanayotganini o‘rganish, ehtiyojmand oilalarning murojaat va muammolarini joyida eshitish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga xizmat qiladi.