Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFYda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.
🤝 Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy xodim N.Allashukurov bilan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash, xizmatlarning sifati hamda ularni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📍 Shuningdek, tuman markazidan 28 kilometr uzoqlikda, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashgan “Tashrez” ovulida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.
⚡️ Ijtimoiy xizmatlarning manzilli va sifatli tashkil etilishi aholining ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.