Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq quyidagi masala koʻrib chiqildi:
🔹 Viloyatda sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati va sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisida;
Kun tartibidagi masala boʻyicha masʻulning hisoboti eshitilib, muhokamalar yakunida tegishli qaror qabul qilindi.
➡️ Komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.