Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
📢 DEPUTAT NAZORATI: Shovotda suv tejovchi texnologiyalar qay darajada joriy etilmoqda?

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Oybek Sadullayev tomonidan tuman qishloq xo‘jaligi maydonlarida suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Shovot tumani "Suv yetkazib berish xizmati" DM direktori J.Iskandarovga rasmiy deputat so‘rovi yuborildi.
​🎯 Asosiy maqsad va ko‘rsatkich
​joriy yilda Shovot tumanida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida 1 537 gektar yer maydonida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini joriy etish belgilangan.
​🔍 Deputat so‘rovida ko‘tarilgan 6 ta muhim savol:
​📈 Amaliy natija: 1 537 gektar maydonning bugungi kunga qadar aniq qancha qismida ishlar yakunlandi?
​💦 Tizimlar kesimida: Tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari kesimida bajarilgan amaliy ishlar hajmi qancha?
​💰 Moliyaviy manbalar: Loyihaga jalb etilgan mablag‘lar manbalari va ularning o‘zlashtirilish holati qanday?
​📍 Hududlar kesimi: Ishlar amalga oshirilayotgan mahallalar va fermer xo‘jaliklari kesimidagi aniq ma’lumotlar.
​❌ Mavjud muammolar: Belgilangan ko‘rsatkichlarga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari.
​📅 Yillik reja: Yil yakuniga qadar 1 537 gektar rejaning to‘liq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi.
​⏱️ Muddat va javobgarlik:
​Qonuniy muddat: Qonunchilikka muvofiq, so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi lozim.
​⚠️ Eslatma: Deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarni asossiz buzish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga asosan mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.