35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Депутат фаолияти
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЭКСПОРТГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН ЛОЙИҲАЛАРГА АМАЛИЙ КЎМАК КЎРСАТИЛМОҚДА
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Тадбиркорлар билан мулоқот
янв.21
МУРОЖААТ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛИБ, АМАЛИЙ ЧОРАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
янв.21
ДОИМИЙ КОМИССИЯ ЙИҒИЛИШИДА ИНВЕСТИЦИЯ ВА ЭКСПОРТ КЎРСАТКИЧЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
Фавқулотда вазиятлар хисоботи эшитилди
янв.21
ТТБ 6 ойлик хисоботи эшитилди
янв.21
«Тоза ҳудуд» ДМ Янгиқўрғон тумани филиали раҳбари ҳисобот берди
Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi mahallada o‘rganildi

Navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi mahallada o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 6-Xomkon saylov okrugidan saylangan deputat U.Yangiboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov "Xomkon" mahallasiga tashrif buyurib, tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining tumanda ijro etilishi to‘g‘risidagi hisobot yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiluvchi suv inshootining texnik holati, uning uzluksiz faoliyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda deputatlik nazoratini davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3