35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
Deputatlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi

Deputatlar tomonidan elektr ta’minoti korxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Termiz tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida korxonaning joriy faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi.

Shuningdek, korxona xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida savolnoma va tushuntirish ishlari tashkil etildi. Mazkur Qonun 2024-yil 9-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2024-yil 10-iyulda Senat tomonidan ma’qullangan bo‘lib, energiya resurslaridan samarali foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Bunday o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davlat organlari hamda tashkilotlarda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirish va sohada mas’uliyatni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5