35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
#haftalik_ishlar_muhokamasi_13_17_iyul
#haftalik_ishlar_muhokamasi_13_17_iyul

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov rahbarligida kotibiyat xodimlari ishtirokida haftalik ish rejasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda joriy hafta davomida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, saylov okruglaridagi o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarini axborot jihatdan keng yoritish, ijtimoiy tarmoqlardagi faollikni oshirish, “E-kengash” tizimida hujjatlar bilan ishlash sifati hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilish yakunida har bir yo‘nalish kesimida amalga oshiriladigan ishlar muddatlari belgilab olinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash