35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ НАТИЖАСИДА МУАММО БАРТАРАФ ЭТИЛДИ
янв.21
САЙЛОВ ОКРУГИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
ЮКСАЛИШ МАҲАЛЛАСИДА КЎЧАМА-КЎЧА ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛМОҚДА
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУАММОЛАРИ ХОНАДОНМА-ХОНАДОН ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИЛИШИ ҲУДУДЛАРДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИГА ЕЧИМ — ДОИМИЙ ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ОЗИҚ-ОВҚАТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ИНТЕНСИВ БОҒДОРЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ — УСТУВОР ВАЗИФА
янв.21
ҚОРАПОЛВОН МАҲАЛЛАСИДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЖАДАЛ ДАВОМ ЭТМОҚДА
янв.21
АНИҚЛАНГАН МУАММОЛАР «МУАММОЛАР ДАФТАРИ»ГА ҚАЙД ЭТИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАР ОРОМГОҲИДА МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Yo‘lchilar ovul fuqarolar yig‘inida ichki ko‘cha yo‘llari hamda avtomobil yo‘llarining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ovul hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan hududda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida ichki ko‘chalarda olib borilayotgan qurilish, asfaltlashtirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha asosida amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borildi. Mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

✅ Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4