Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
“REKLAMA TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 3-«Bog‘bon» saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi O‘RQ–776-son "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida deputat tuman hokimining maslahatchisi Azimboyev Dilshod To‘lqinovich bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida Parkent tumani hududida tashqi reklama vositalari, peshlavhalar, axborot lavhalari va e’lonlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirish hamda reklama matnlarining davlat tilida to‘g‘ri va imlo qoidalariga rioya etilgan holda rasmiylashtirilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Shuningdek, o‘rganish davomida reklama obyektlarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi, iste’molchilarni chalg‘ituvchi yoki qonun talablariga zid reklamalarning oldini olish, tashqi reklama vositalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.Suhbat davomida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, reklama madaniyatini yuksaltirish hamda qonun talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar haqida ham axborot berildi. O‘rganish yakunida deputat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.  

Slide 1 of 7