Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.Kun tartibidagi asosiy masala sifatida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organi rahbarining atrof-muhitni muhofaza qilish holati yuzasidan hisoboti ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Parkent tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Atayev Shavkat Norboyevichning hisoboti tinglandi.Hisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli savollar berilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik nazoratni kuchaytirish, noqonuniy chiqindilarni bartaraf etish hamda hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman
Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
  

Slide 1 of 4