Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri
I.Masharipov tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026-yil 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish davomida tuman hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limining Mahallalarning moliyaviy ta’minotini tashkil etish va “Tashabbusli budjet” jarayonlarini muvofiqlashtirish sho‘basi bosh mutaxassisi M.Qurbonov tomonidan olib borilayotgan ishlar, g‘olib loyihalarning moliyalashtirilishi, ularning ijro holati hamda belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Monitoring jarayonida har bir loyiha bo‘yicha bajarilgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihalarining ochiqlik, shaffoflik va samaradorlik tamoyillari asosida amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3