Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ИЖТИМОИЙ ХОДИМ ФАОЛИЯТИ ВА МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ЁШЛАР ЎРТАСИДА ЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ БИЛАН УЧРАШДИ
янв.21
Ёшлар муаммолари ва таклифлари муҳокама қилинди
янв.21
ДОРИХОНАДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДА «ДОЛЗАРБ 90 КУН» ДОИРАСИДАГИ ТАДБИРЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
Mahallabay ishlash tizimi: «Mahalla yettiligi» faoliyati tahlil qilindi

🔹Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayev tumandagi “O‘rtaqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning bosh bo‘g‘ini hisoblangan “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimdan iborat jamoaning hamkorlikdagi ishlari, hududni rivojlantirish «yo‘l xaritalari» ijrosi tahlil qilindi.

🔹Bugun mahalla yettiligi shunchaki kuzatuvchi emas, balki kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, jinoyatchilikning oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni to‘g‘ri yo‘naltirishda asosiy kuchdir.

🔹Suhbat davomida har bir mas’ulning o‘zaro integratsiyalashgan holda, «xonadonbay» yurish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🔹B.Xamrayev mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlashib, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada soddalashtirish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarning manzilli yetib borishini ta’minlash hamda hududda tadbirkorlik muhitini yaxshilash yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

🔹Mahallani rivojlantirish va aholi roziligiga erishish yo‘lidagi bu kabi tizimli o‘rganishlar tumanning barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2